Qalbaki mahsulotdan ogoh bo‘ling!

// 30.01.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (310.37 KB)

“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “OLTIN” tovar belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan “ammiakli superfosfat” (ASF) mahsuloti respublikamiz fermerlari tomonidan sifati, yuqori hosil olishda samaradorligi va qopdagi o‘lchami aniq ekanligi e’tirof etilmoqa.

Biroq shu kunlarda ayrim nomaqbul kimsalari tomonidan korxona mahsulotlarining, ya’ni, amiakli va oddiy superfosfat (ASF/OSF)ni soxtalashtirish va dehqonlarni pulini olish maqsadida qalbaki mahsulotni sariq rangli soxta qoplarga qoplab (Indorama va Oltin nomini chop etish orqali) sotish va etkazish bilan shug‘ullanmoqdalar. Bunday holatlarning ko‘payib borayotganligi haqidagi ma’lumotlar etib kelgan va korxona tomonidan ushbu noqonuniy holatni zudlik bilan to‘xtatish maqsadida tegishli tashkilotlariga xabar berilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Indorama” kompaniyasi mijozlardan mamlakat bozorida “OLTIN” brendi ostidagi ASF mahsulotini sotib olayotganda mahsulot sifatini aniqlashda quyidagilarga e’tibor berishlarini so’rab qoladi:

  1. Qop dizaynini diqqat bilan ko’zdan kechiring va “OLTIN” logotipi dizaynining haqqoninyligiga ishonch hosil qiling;
  2. Mahsulot ta’minotchisi va etkazib berilgan sana haqida ma’lumot berishlarini so‘rang;
  3. Granulalarning sifatini tekshiring (o‘lchami 2 mm dan ortiq bo‘lgan granulalar > 95%);
  4. Qopning og‘irligini tekshiring (sof og‘irligi 50Kg);
  5. “OLTIN” ASF mahsuloti sotilayotgan diler/klasterni asl ekanini tekshirish uchun “Indorama Kokand Fertilizers & Chemicals” AJ savdo bo‘limi xodimiga qo‘ng‘iroq qiling.

Barcha mijozlardan “OLTIN” brendi ostidagi mahsulotlarning qalbakisiga duch kelsangiz yoki sizga qalbaki mahsulot sotishgan bo‘lsa, kompaniyaninng +99873 543-90-01 ishonch telefon raqami orqali xabar berishingiz mumkin ekanligini ma’lum qilamiz.