“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJda yuz bergan baxtsiz hodisa yuzasidan RASMIY MAʻLUMOT

// 17.10.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (146.54 KB)

Joriy yilning 17-oktabr kuni soat 11:10 larda Fargʻona viloyatida joylashgan “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJda baxtsiz hodisa yuz bergan. Unga koʻra “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ hamda “Metall Universal 777” MCHJ oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan korxona hududida, jumladan, qadoqlash sexida amalga oshirilayotgan qurilish montaj ishlari jarayonida, oʻgʻit qadoqlash uskunasi bunkeri ostida metall konstruksiya qismlarini oʻrnatish jarayonida, bunker tayanchlarini kesish  oqibatida bunker qulab tushgan. Natijada, “Metall Universal 777” MCHJ ishchisi qulab tushgan bunker ostida qolib, vafot etgan. Hozirda dastlabki ekspertiza va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati