
Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi har qanday soha taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Bu yoʻnalishda “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻygan boʻlib, bu oʻz navbatida innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va sanoat samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Yaqinda “Oʻzkimyosanoat” AJning Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish boʻlimi vakillari Fanlar akademiyasi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markaziga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mutaxassislar markaz faoliyati bilan tanishib, kelgusida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilish hamda qoʻshma loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Bu kabi hamkorlik ilm-fan va sanoat oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni mustahkamlab, tarmoqni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.