Yashil texnologiyalar, atrof-muhitni muhofaza qilish va utilizatsiya qilish

// 18.12.2019 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (95.45 KB)

Janubiy Koreyaning “GDM ECO” kompaniyasi taklifiga binoan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “GDM ECO” kompaniyasi rahbariyati va “O'zkimyosanoat” AJ tizmiga kiruvchi korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida “GDM ECO” kompaniyasi tomonidan “Yashil texnologiyalar, atrof-muhitni muhofaza qilish va utilizatsiya qilish” mavzusida taqdimot o'tkazildi.

“GDM ECO” kompaniyasi vakillari tadbir ishtirokchilarini korxonalarning atrof-muhitga zararli ta'sirini kamaytirish maqsadida ishlab chiqarilayotgan uskunalar bilan tanishtirib o'tdilar. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududida qo'shma korxona ochilishi va shu bilan zararli moddalarning ekologik ta'sirini kamaytirish maqsadida import qilinadigan uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish haqida ta'kidlab o'tdilar.

 

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati