Gʻalla ekish mavsumi uchun mineral oʻgʻitlar taʼminoti oʻrganildi

// 24.09.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (2.18 MB)

Shu kunlarda hududlarda “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari 2027-yilgi gʻalla ekish mavsumi uchun mineral oʻgʻitlarga boʻlgan talabni oʻz vaqtida taʼminlash, mahsulotlarni yetkazib berish, hududlardagi vakolatli omborlarda saqlash hamda fermerlarga belgilangan muddatlarda yetkazilish holatini oʻrganmoqda.



Bu kabi oʻrganishlarning navbatdagi manzili Sirdaryo va Jizzax viloyatlari boʻldi.

Oʻrganishlar yakuni boʻyicha mazkur hududlarda masʼullar ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazildi. Unda gʻalla ekish mavsumida mineral oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyojni oʻz vaqtida qoplash, ularni hududlarga yetkazib berish va fermer xoʻjaliklariga belgilangan muddatlarda tarqatish masalalari muhokama qilindi.



Yigʻilishlar yakunida har ikki viloyatda gʻalla ekish mavsumini mineral oʻgʻitlar bilan oʻz vaqtida taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi. Tadbirlarda Sirdaryo viloyati hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Jizzax viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi hamda “Ammofos-Maxam” AJ vakillari ishtirok etdi.


 


So'nggi yangilash sanasi: 24.09.2026