FT: Yevropa mineral öğitlar işlab çiqariş hajmini keskin qisqartirişga majbur bölmoqda

// 26.11.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (163.66 KB)

Yevropa mineral öğitlar işlab çiqaruvçilari energiya resurslari narxining oşişi fonida korxonalar faoliyatini töxtatiş yoki noma’lum muddatga töxtatib turişga majbur bölmoqda. Şu bilan birga, içki işlab çiqariş hajmining qisqarişi Yevropa Ittifoqining (YeI) xorijiy yetkazib beruvçilarga qaramligini yanada kuçaytirmoqda. Bu haqda Financial Times (FT) naşri Argus tahlil agentligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ayni paytda Yevropada yiliga kamida 5 million tonna ammiak işlab çiqariş quvvatlari faoliyati töxtatilgan. Bu mintaqadagi jami işlab çiqariş quvvatlarining 28–35 foizini taşkil etadi. Şu bilan birga, sentyabr oyida YeIga ammiak importi rekord darajaga yetgan.

Agentlik ma’lumotlariga köra, energetika xarajatlarining ortişi Yevropa korxonalarining raqobatbardoşligini sezilarli darajada pasaytirmoqda. Xususan, Yevropada işlab çiqarilgan ammiakning bir tonnasi narxi 1,1 ming AQŞ dollariga yetgan bölsa, AQŞ, Şimoliy Afrika, Trinidad va Tobagodan yetkazib berilayotgan mahsulot narxi taxminan 760 dollarni taşkil etmoqda.
Jumladan, dunyodagi yirik mineral öğit işlab çiqaruvçilardan biri bölgan Norvegiyaning Yara kompaniyasi Yevropadagi korxonalarida mahsulot işlab çiqariş hajmini 27 foizga qisqartirgan. Avgust oyida Germaniyaning SKW Piesteritz kompaniyasi ammiak işlab çiqariş qurilmalaridan birini töxtatgan.

Sentyabr oyida Ispaniyaning Fertiberia kompaniyasi Palos-de-la-Frontera şahridagi zavodida ammiak va karbamid işlab çiqarişni vaqtinça töxtatgan. Noyabr oyida esa Çexiyaning AGF Nitrogen guruhi Fransiyadagi işlab çiqariş liniyalaridan biri faoliyati töxtatilganini ma’lum qilgan.
 


So'nggi yangilash sanasi: 26.11.2026