“O'zkimyosanoat” AJda MDH Moliya-bank kengashi delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazildi

// 26.02.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (112.22 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida MDH Moliya-bank kengashining muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi Anatoliy Borisovich Kazakov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston Respublikasi kimyo sanoatining istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, MDH MBK “O'zkimyosanoat” AJ bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o'rnatish hamda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo'yicha istiqbolli rejalarni amalga oshirishda ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati