“Fargʻonaazot” AJning Termiz tumanida joylashgan omborida sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ quyidagilarni maʻlum qiladi

// 09.08.2023 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (132.28 KB)

“Fargʻonaazot” AJning Termiz tumanida joylashgan omborida sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ quyidagilarni maʻlum qiladi:

2023-yilning 9-avgust kuni “Fargʻonaazot” AJning Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan omborida yongʻin kelib chiqqan va bu haqida FVBga xabar berilgan. Yuzaga kelgan yongʻin 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji tomonidan soat 15:20 da oʻchirilgan. Jabrlanganlar yoʻq. Yongʻin paytida omborda mineral oʻgʻitlar mavjud boʻlmagan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, “Fargʻonaazot” AJ omborining 6 ta boksida yongʻin sodir boʻlgan. Yongʻin paytida omborda koʻmir mahsuloti boʻlgan. Hozirda, mazkur holat va yongʻinning kelib chiqish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. Batafsil maʼlumotlar taqdim etiladi.

Maʻlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, 2023-yilning yanvar oyida, tegishli xususiylashtirish dasturi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Fargʻonaazot” AJ ustav kapitalidagi 99,02 foiz davlat aksiyalar paketini xususiylashtirish boʻyicha “Indorama Corporation Pte. Ltd” (Singapur) kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan va hozirgi kunda “Fargʻonaazot” AJ boshqaruvi Singapurning Indorama kompaniyasiga qarashlidir.


So'nggi yangilash sanasi: 09.08.2023