“Navoiyazot” AJda ishlab chiqarilishi boshlangan karbamidni eksport qilish bo'yicha birinchi shartnoma imzolandi

// 26.12.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (460.39 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “Qirg'iziston o'g'it yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi” yuridik shaxslar uyushmasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda “O'zkimyosanoat” AJ vakillari “Qirg'iziston o'g'it yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi” yuridik shaxslar uyushmasi raisi E.Akunbekov bilan muzokalar olib bordi. Tadbir davomida Qirg'iziston Respublikasiga mineral o'g'itlar va kimyoviy mahsulotlar yetkazib berish bo'yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, muloqot doirasida kuni kecha “Navoiyazot” AJdagi “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish” majmuasining ishga tushirilishi natijasida olingan ilk karbamid mahsulotining taqdimoti o'tkazildi.

“Qirg'iziston o'g'it yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi” yuridik shaxslar uyushmasi raisi E.Akunbekov “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish” majmuasi faoliyat boshlaganligi bilan samimiy tabrikladi va kiyingi yildan nafaqat karbamid balki boshqa kimyo mahsulotlarini eksport qilishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv so'nggida tomonlar “Navoiyazot” AJ tomonidan Qirg'iziston Respublikasiga karbamid yetkazib berish ishlarini boshlash va yiliga 45 ming tonnadan 60 ming tonnagacha azotli o'g'itlar eksportini amalga oshirish yuzasidan bitim imzoladi.

 

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati