Dorivor oʻsimliklar sohasida Oʻzbekiston–Xitoy ilmiy muloqoti boʻlib oʻtdi

// 22.06.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (238.41 KB)

Poytaxtimizda “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va ulardan foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusida Oʻzbekiston–Xitoy xalqaro simpoziumi boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Oʻzbekiston va Xitoy Xalq Respublikasining olimlari, professor-oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari, farmatsevtika hamda kimyo sanoati vakillari ishtirok etib, dorivor oʻsimliklarni chuqur oʻrganish, ularni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlash va yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish masalalarini muhokama qildilar. Simpoziumda “Oʻzkimyosanoat” AJning Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish boʻlimi vakillari ham faol ishtirok etib, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, innovatsion yechimlar asosida yangi mahsulot turlarini yaratish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Tadbir ikki mamlakat olimlari va mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashish, ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uygʻunlashtirish hamda istiqbolli qoʻshma loyihalarni shakllantirish uchun muhim muloqot maydoni boʻldi.
Bugungi kunda “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida yuqori texnologik, import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini sanoatga joriy etish va mahalliy xomashyo resurslaridan samarali foydalanish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.



Xalqaro simpozium mazkur yoʻnalishlardagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish va mamlakatimiz kimyo hamda farmatsevtika sanoatining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.


 


So'nggi yangilash sanasi: 22.06.2026