Dolzarb mavzuda yig‘ilish o‘tkazildi

// 17.09.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.32 MB)

Ammiak ishlab chiqarishi 3-navbatida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida kiberjinoyatlarning turlari, ulardan ogoh va xushyor bo‘lish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda viloyat IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimi ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’lumot berdi.



Tadbir davomida internet tarmoqlarida keng tarqalayotgan firibgarlik usullari, shubhali havolalar va soxta akkauntlar orqali amalga oshiriladigan kiberjinoyatlar, bank kartalari hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xodimlarga noma’lum shaxslarga bank kartasi ma’lumotlari, tasdiqlash kodlari va boshqa maxfiy ma’lumotlarni bermaslik, shubhali havolalarga kirmaslik, ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda kelib tushayotgan xabarlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish tavsiya etildi.



Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldilar. Ta’kidlanganidek, kiberjinoyatlarning oldini olishda har bir foydalanuvchining axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi, ogohligi va hushyorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

 


So'nggi yangilash sanasi: 17.09.2026