“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ raisiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

// 01.08.2023 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (759.02 KB)

Bahodir Baxtiyorovich Normuratov “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari v.b  lavozimiga tayinlandi.

Tayinlov munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda “Oʻzkimyosanoat” AJ Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamenti boshligʻi R.Ayxodjayev, "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ  boshqaruvi raisi v.b T.Zaripov, boshqaruv raisi oʻrinbosarlari hamda tarkibiy boʻlinma rahbarlari ishtirok etishdi.

Ma’lumot oʻrnida aytib oʻtamiz, Bahodir Normuratov "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ Bosh texnologi, “Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ marketing va sotish bo‘yicha direktor o‘rinbosari kabi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 01.08.2023