“O’zkimyosanoat” AJ tomonidan Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJga tashkillashtirilgan press-tur boshlandi

// 21.12.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.26 MB)

Unda yurtimizning nufuzli ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishmoqda. Tadbirni “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruv raisi Raxmat O’sarov korxonaning tarixi, bugungi kundagi faoliyati va erishilayotgan natijalarga bag’ishlangan nutqi bilan ochib berdi. Shu bilan birga, korxona mutaxassislari tomonidan taqdimotlar o’tkazildi. Press-tur davomida OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlarni korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari va “Tepaqo’ton” kaliyli tuzlar koni bilan yaqindan tanishtirish ko’zda tutilgan.