“Ammofos-Maxam” AJda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

// 24.07.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.71 MB)

“Ammofos-Maxam” AJda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida korxona faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishilib, mavjud muammolar yuzasidan ilmiy-amaliy yechimlar muhokama qilindi. Shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, energiya resurslarini tejash, chiqindilarni kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha istiqbolli takliflar ko‘rib chiqildi.

Davra suhbati ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish hamda korxonaning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladigan muhim muloqot maydoniga aylandi.


So'nggi yangilash sanasi: 24.07.2026