“Davlat gerbi – iftixor ramzi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

// 01.07.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (2.53 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida “Davlat gerbi – iftixor ramzi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda jamiyat markaziy apparati va tarmoq korxonalari mutasaddilari va  xodimlari ishtirok etishdi. Shuningdek, mazkur tadbirning yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi Ziyodaxon Akbarqulova masofaviy tarzda gerbimiz tarixiga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan qatnashdi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ bosh direktori G‘ulomjon Ibragimov kuni kecha bo‘lib o‘tgan Yoshlar kuni bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda tarmoq korxonalarida faoliyat olib borayotgan barcha yoshlarni samimiy qutladi. Davlatimiz ramzi – gerbimizga bo‘lgan cheksiz hurmatini bildirib o‘tdi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda “Gerbimizni qanchalik bilamiz?” viktorinasi ham o‘tkazildi. Unda berilgan qiziqarli savollarga “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ, “Ammofos-Maxam” AJ va markaziy studiyadan ishtirok etgan apparat xodimlari faollik bilan javob qaytarishdi. Shu bilan birga, davlatimiz gerbiga alohida hurmat ko‘rsatib, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasiga joylagan xodimlar ro‘yxati o‘qib eshittirildi.

“Navoiyazot” AJda Davlat gerbiga bag‘ishlangan rasmlar tanlovi o‘tkazilganligi barchaning e’tiborini tortdi. Qolaversa, chizilgan rasmlar monitor orqali tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.

Tadbir yakunida “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari xodimlari tomonidan gerbimizni madh etuvchi, vatanparvarlik ruhidagi she’rlar va qo‘shiqlar ijro etildi.

Kumush Abdusalomova