“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Komplaens-nazorat xizmati tashkilot tomonidan tuzilgan shartnomlar holatini o'rgandi

// 15.04.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (47.01 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida 2020 yil 9 oktyabrdagi buyrug'i bilan “Jamiyat tomonidan tuzilayotgan shartnomalarni kelishish, imzolash va ijro etish siyosati” va 2020 yil 11 noyabrdagi buyrug'i bilan “Sovg'a berish va qabul qilish, vakillik xarajatlarini amalga oshirish va biznes mehmondo'stlik qabul qilish siyosati” va “O'zkimyosanoat” AJning xayriya va homiylik faoliyati to'g'risidagi siyosati” to'g'risidagi me'yoriy hujjatlarni qabul qilgan.

Mazkur buyruqlarni ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning I-choragida tuzilgan shartnomlar, berilgan yoki olingan sovg'alar, amalga oshirilgan vakillik xarajatlar natijasi o'rganildi.

O'rganish natijasida “O'zkimyosanoat” AJ tomonidan I chorak davomida 851,2 mln. so'mlik jami 81 ta shartnomalar rasmiylashtirilgan. Shulardan 50 tasi 73,4 mln. so'mlik elektron do'kon orqali, 12 tasi 581,3 mln. so'mlik elektron auktsion orqali, 12 tasi 39,9 mln. so'mlik kooperatsiya shartnomalar, 3 tasi 149,6 mln. so'mlik tanlov orqali, to'g'ridan-to'g'ri yagona yetkazib beruvchilar bilan 6,7 mln. so'mlik 4 ta shartnoma imzolanganligi ma'lum bo'ldi.

Zarur texnik talablar (ish staji va xodimlar soni) “O'zkimyosanoat” AJning talablariga mos kelmasligi sababli “Telemetry” MChJ bilan tuzilgan 370,0 mln. so'mlik shartnomani bekor qilindi.

Birja savdolari orqali “O'zkimyosanoat” AJ bilan tuzilayotgan shartnomalarga korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida kiritiladigan ogohlantirish bandi qo'shish uchun “O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi”ga ushbu band namunasi yuborildi.

Shu bilan birga kontragentlarini tekshirish bo'yicha qo'llanma talablariga shartnoma tashabbuskori tomonidan qat'iy rioya etish, “Korporativ kartadan foydalanish tartibi to'g'risidagi Nizom” talablari asosida xaridlarni amalga oshirishi maqsadga muvofiqligi ma'sul xodimlarga yetkazildi.

Aniqlangan kamchiliklarni keyingi oylarda takrorlanmasligi natijasida tizimida korruptsiya ko'rinishlarining oqibati bilan emas, balki uning oldini olishga shart-sharoit yaratadi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati