"Chirchiq" texnoparkiga Xitoyning ZWELEC korporatsiyasi vakillari tashrif buyurdi

// 25.08.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (546.49 KB)

"Chirchiq" texnoparkiga avtomobillar uchun saqlagich bloklari, relelar va elektron modullarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish hamda sotishga ixtisoslashgan Xitoyning yetakchi korxonasi - Zhejiang Zhiwei Electronic Technology Co., Ltd. (ZWELEC brendi) vakillari tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad - "Chirchiq" va "Jizzax" texnoparklarining investitsiyaviy salohiyatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Tashrif davomida texnopark rahbariyati va mutaxassislari Xitoy delegatsiyasi uchun kengaytirilgan taqdimot o‘tkazdi. Unda ishlab chiqarish maydonlarining texnik xususiyatlari va infratuzilmaviy imkoniyatlari, shuningdek, texnopark rezidentlari uchun taqdim etiladigan soliq va bojxona imtiyozlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur tashrif xorijiy investorlarning "Chirchiq" va "Jizzax" texnoparklarining sanoat va investitsiyaviy salohiyatiga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganining navbatdagi dalili hisoblanadi


So'nggi yangilash sanasi: 26.08.2026