“Chirchiq” kimyo - industrial texnoparkida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

// 03.04.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (539.56 KB)

"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning biznes egalari va eksportga ixtisoslashgan korxonalar vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tib, dolzarb muammolarni aniqlash va hal etish, shuningdek, sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli tashabbuslarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Ochiq muloqot doirasida tadbirkorlar hamda Texnopark rezidentlari o‘z takliflari, muammolari va viloyatda sanoatni rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb masalalarni bayon etdilar.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev barcha ishtirokchilarni diqqat bilan tinglab, mas’ul rahbarlarga muammolarni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot – sanoat ishlab chiqarishini ko‘paytirish va eksport salohiyatini oshirish uchun samarali yechimlarni birgalikda topish imkoniyatidir.


So'nggi yangilash sanasi: 04.04.2025