"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkida shahar aholisi uchun ochiq muloqot o‘tkaziladi

// 28.09.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (45.89 KB)

9-oktyabr kuni "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkida shahar aholisi uchun ochiq muloqot o‘tkaziladi

"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki fuqarolarni ochiq muloqotga taklif etadi. Tadbir aholi va texnopark rahbariyati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot maydoniga aylanadi.

Uchrashuv davomida mehmonlar texnopark faoliyati, uning rivojlanish istiqbollari, bo‘sh ish o‘rinlari, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollar yuzasidan javob olishlari mumkin.

Sana: 9-oktyabr

O‘tkazilish joyi: "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki, V. Haydarov ko‘chasi, 1A-uy.

Barchani ochiq muloqotda ishtirok etishga taklif etamiz.
Tadbirga kelishda ID-pasportingizni o‘zingiz bilan olib kelishingiz so‘raladi.


So'nggi yangilash sanasi: 28.09.2026