2019 yil 6 iyulda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida azotli o'g'itlarni yirik ishlab chiqaruvchisi “Maksam-Chirchiq” AJ mablag'lariga yangidan tiklangan 2-ta ko'pqavatli uylardagi xonadonlarni aholiga tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Toshkent viloyatiga, shu jumladan Chirchiq shahriga tashriflari davomida hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoitlarni yaratib berish borasida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida mazkur uylarning qurilishi nihoyasiga yetkazildi.
Bugun Chirchiq shahrining 176 oilasi, shu jumladan 166 “Maksam-Chirchiq” AJda mehnat qilayotgan yosh oilalar yangi xonadonlarga ega bo'ldilar. Qolgan 10 ta xonadon shaharning yashash sharoitlarni yaxshilashga muhtoj fuqarolariga topshirildi.
Uylarga tutashgan hududda qulaygina bolalar maydonchasi qurilgan, yonida esa dehqon bozori joylashgan.
Tantanali marosimda Chirchiq shahar hokimi Q.B.Rashitov, “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi O.Sh.Temirov, “Maksam-Chirchiq” AJ boshqaruvi raisi X.A.Saydaxmedov va bosh direktori Manuel Puertas ishtirok etdilar.
“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati