“Chimyon” bolalar oromgohining mavsumga tayyorgarlik holati o‘rganildi

// 26.05.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1020.31 KB)

Bolalarning yozgi dam olishini mazmunli, xavfsiz va sifatli tashkil etish, ularning sog‘lomlashtirish mavsumini belgilangan talablar asosida o‘tkazish maqsadida “Ammofos-Maxam” AJga qarashli “Chimyon” bolalar oromgohida o‘rganish ishlari olib borildi.


O‘rganish davomida oromgoh hududining obodonlashtirilishi, yotoq joylari, oshxona, tibbiyot xonasi, sport maydonchalari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan maskanlarning holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sanitariya-gigiyena talablari, oziq-ovqat xavfsizligi, yong‘in va texnika xavfsizligi, bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda zarur infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasi alohida e’tiborga olindi.



Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish belgilandi.


 


So'nggi yangilash sanasi: 26.05.2026