
“28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan kimyo korxonalarida qator tadbirlar oʻtkazildi.

- “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda masʼullar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida muloqot tashkil etildi.
- “Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ QKda boʻlib oʻtgan “Mehnat muhofazasi bilimdoni” koʻrik tanlovida faxrli oʻrinlarni egallagan xodimlar estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
- Sana munosabati bilan “Navoiyazot” AJda oʻtkazilgan tadbirda korxonaning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻlimi xodimlari faoliyati eʼtirof etildi. Shuningdek, korxonaning mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʻlimi hamda jamiyat kasaba uyushmasi qoʻmitasi vakillari ishtirokida ishlab chiqarish majmualari, sexlarda nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

- “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda xodimlarni xavfsiz va qulay ish sharoti bilan taʼminlash va ularning tayyorgarligini tekshirish maqsadida “Eng yaxshi mehnat muhofazasi boʻyicha vakil” va “Eng yaxshi mehnat muhofazasi boʻyicha ishchi” tanlovlari oʻtkazildi.
- “Maxam–Chirchiq” AJda sana munosabati bilan korxona ishchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Masʼullar tomonidan sohadagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr – mulohazalar tinglandi.

- “Ammofos –Maxam” AJ Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligi va “butunjahon mehnatni muhofaza qilish” kuni munosabati bilan oʻtkazilgan Respublika tanlovining 1-bosqichida “Eng yaxshi kasaba uyushma tashkiloti” “Eng yaxshi tashkilot”, “Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili” nominatsiyalari boʻyicha faxrli oʻrinlarni egalladi.



“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
So'nggi yangilash sanasi:
01.05.2025