Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari RKTU Toshkent shahar filiali ilk magistrlari bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

// 07.05.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (29.63 MB)

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Korjikov va D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filialining ilk magistrlari o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.  

Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, kimyo sanoati tarmog‘ini modernizatsiya qilish jarayonlarida yuqori malakali kadrlarning o‘rni hamda ilm-fan, ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari xususida atroflicha fikr almashildi. 

Shuningdek, yosh mutaxassislarning kelgusidagi mehnat faoliyati, ilmiy izlanishlari, innovatsion g‘oyalari va rejalari muhokama qilindi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda magistrlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusida kimyo sanoati korxonalarida amalga oshirilayotgan zamonaviy loyihalar yuzasidan fikr bildirishdi.

Tadbir so‘nggida magistrlarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Yevgeniy Korjikov bitiruvchilarni ushbu muhim va quvonchli voqea bilan samimiy tabriklab, ularning kelgusidagi mehnat va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.


 


So'nggi yangilash sanasi: 07.05.2026