Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 4-iyun sanasidagi savdo yakunlari

// 04.06.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (639.5 KB)

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 4-iyun sanasidagi yakuni boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 4-iyun kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali jami 12 133,5 tonna 34 039,7 mln soʻmlik mineral oʻgʻitlar sotildi.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli oʻgʻitlar, superfosfat azot-fosforli oʻgʻit kabi mahsulotlar qoʻyildi. Savdoga qoʻyilgan mineral oʻgʻitlardan  ammiakli selitra eng koʻp sotilgan mahsulot boʻlib, sotuvning  62,6 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral oʻgʻitlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qoʻllanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kalsinatsiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qoʻyib boriladi.

4-iyun kuni jami 3952,1 mln soʻmlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi.  Sotuvning asosiy qismini, yaʼni 28,8 foizini kaltsinatsiyalangan soda mahsuloti tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “Oʻzkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi boʻyicha barcha maʼlumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi boʻyicha taklif va eʼtirozlaringiz boʻlsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Ozkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 04.06.2024