O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 8-avgust sanasidagi savdo yakunlari

// 08.08.2023 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (489.2 KB)

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2023-yil 8-avgust sanasidagi yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 8-avgust kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali jami 7870,0 tonna 24 819,1 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. O‘tgan kuni bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 7-avgust  kuni  20 609,3 mln. so‘mlik 6767,0 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli o‘g‘itlar, superfosfat azot-fosforli o‘g‘it kabi mahsulotlar qo‘yildi. Savdoga qo‘yilgan mineral o‘g‘itlardan ammiakli selitra eng ko‘p sotilgan mahsulot bo‘lib, sotuvning 43 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o‘g‘itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo‘llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kalsinasiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo‘yib boriladi. 8-avgust kuni jami 4 660,2 mln. so‘mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. O‘tgan kuni bu ko‘rsatkich  yuqori bo‘lgan, ya’ni 7-avgust  kuni 8 172,7 mln. so‘mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini ya’ni 50 foizini kalsinasiyalangan soda mahsuloti tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O‘zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo‘yicha barcha ma’lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo‘yicha taklif va e’tirozlaringiz bo‘lsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 08.08.2023