Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 4-avgust sanasidagi savdo yakunlari

// 04.08.2023 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (47.17 KB)

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2023-yil 4-avgust sanasidagi yakuni boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 4-avgust kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali jami 6093 tonna 18,679 mln. soʻmlik mineral oʻgʻitlar sotildi. Bir kun oldin bu koʻrsatkich yuqori boʻlgan, yaʼni 3-avgust  kuni 19,052.9 mln. soʻmlik 6,482.0 tonna mineral oʻgʻitlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos,
PS-Agro, kaliyli oʻgʻitlar, superfosfat azot-fosforli oʻgʻit kabi mahsulotlar qoʻyildi. Savdoga qoʻyilgan mineral oʻgʻitlardan ammiakli selitra eng koʻp sotilgan mahsulot boʻlib, sotuvning 34 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral oʻgʻitlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qoʻllanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kalsinatsiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qoʻyib boriladi. 4-avgust kuni jami 9,909.7 mln. soʻmlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. Bir kun oldin bu koʻrsatkich  yuqori boʻlgan, yaʼni 3-avgust  kuni 10,068 mln. soʻmlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini yaʼni 46 foizini kalsinatsiyalangan soda mahsuloti tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “Oʻzkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi boʻyicha barcha maʼlumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi boʻyicha taklif va eʼtirozlaringiz boʻlsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 04.08.2023