O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 6 sentabr sanasidagi savdo yakunlari

// 06.09.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (47.02 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o'z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2021 yil 6 sentabr sanasidagi yakuni bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 6 sentabr kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 5080 tonna 12300,4 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi.  O'tgan hafta bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 31 avgust kuni 18845,3 mln. so'mlik 6635 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli o'g'itlar, superfosfat azot-fosforli o'g'it kabi mahsulotlar qo'yildi. Savdoga qo'yilgan mineral o'g'itlardan ammofos eng ko'p sotilgan mahsulot bo'lib, sotuvning 34,5 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o'g'itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo'llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kaltsinatsiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo'yib boriladi. 6 sentabr kuni jami 6665,1  mln. so'mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. O'tgan hafta bu ko'rsatkich past bo'lgan, ya'ni 31 avgust kuni 5524,9 mln. so'mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini ya'ni 50,0 foizini PVX mahsuloti tashkil etdi.

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O'zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo'yicha barcha ma'lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo'yicha taklif va e'tirozlaringiz bo'lsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati