Bir haftada bir kitob: “Menkim, sohibqiron jahongir - Temur”

// 03.04.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (3.51 MB)

Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san'at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanmoqda. 

Shu bois, bugun fransiyalik tarixchi olim Marsel Brion qalamiga mansub “Menkim, sohibqiron jahongir - Temur” romanini tavsiya qilamiz. Mazkur kitob AQSH va Gʻarbiy Yevropa davlatlarida bir necha marotaba chop etilgan bo‘lib, eng sara asarlar qatoriga kiradi.

E’tiborli jihati shundaki, Marsel Brion tomonidan tartib berilgan ushbu kitob to‘laligicha Sohibqiron Amir Temurning o‘z qo‘li bilan yozilgan estaliklaridan iborat. Mazkur asarni o‘qish asnosida ulug‘ bobokalonimizning o‘ziga xos jihatlari bilan ham tanishasiz, faoliyati qanchalar ibratli ekanligiga amin bo‘lasiz. 

Kitobda bayon etilgan Amir Temurning hayoti va faoliyati barcha uchun birdek saboq maktabi bo‘lishi shubhasiz.
 


So'nggi yangilash sanasi: 03.04.2026