Bir haftada bir kitob - Chingiz Aytmatov - Erta qaytgan turnalar

// 24.04.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (4.07 MB)

“O‘zkimyosanoat” AJ elektron kutubxonasida jamlangan o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalarini mutolaa qilishingiz mumkin.

Bugun turkiy xalqlar adabiyotining zabardast yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Erta qaytgan turnalar” qissasini tavsiya qilamiz.

Asarda ikkinchi jahon urushi yillarini, xalqning front ortidagi mehnat-mashaqqatini, shuningdek, urush davridagi yosh bolalarning o‘ynab-kulmasdan, balki urushga ketgan ota, akalarining o‘rnini bildirmasdan mehnat qilishi, barcha qiyinchiliklarga sabr-bardoshi haqida hikoya qilinadi.

Qissadagi voqealar qirg‘iz ovullaridan birida ro‘y bergan. Shu ovulning yosh farzandlari - Sultonmurod, Onatoy, Erkinbek, Qubbatqul va boshqalar o‘z yurtlarida ham ikkinchi jahon urushining front orti mashaqqatlarini boshidan kechirishadi. 

Kitobni elektron tarzda o'qish uchun: https://t.me/uks_digital_library/566
 


So'nggi yangilash sanasi: 24.04.2026