Bakteriyalarni zararsizlantiruvchi boʻyoq yaratildi

// 29.04.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (8.01 MB)

Nottingem universiteti olimlari aviatsiya, temir yoʻl va sanoat tarmoqlari uchun yuqori samarali qoplamalar ishlab chiqaruvchi Indestructible Paint kompaniyasi bilan hamkorlikda bakteriya va viruslarni oʻldiradigan boʻyoq yaratishdi. 

Mahsulot hozirda zarur tadqiqotlardan oʻtkazilmoqda, ammo kelajakda u odamlar gavjum joylarda yuzalarni boʻyash uchun ishlatilishi mumkin.

Boʻyoq polimer smolasi asosida ishlab chiqariladi, unga tibbiyotda dezinfeksiyalovchi sifatida maʼlum boʻlgan xlorgeksidin qoʻshiladi. Qurish jarayonida u faollashadi va  ichak bakteriyasi, oltin stafilokokk, koronavirus va boshqalar xavfli patogenlarni oʻldiradi. 

Ishlab chiquvchilarning taʼkidlashicha, bunday boʻyoq kasalxonada yuqadigan infeksiyalar va antibiotiklarga chidamlilikning tarqalishiga qarshi kurashda amaliy va arzon yechim boʻlishi mumkin.

Boʻyoq bilan plastik va metall kabi turli xil qattiq, gʻovak boʻlmagan materiallarda qoʻllanilib oʻtkazilgan dastlabki tajribalar mahsulot bakteriyalar va zamburugʻlarni samarali oʻldirishini va tirnalganida oʻz xususiyatlarini saqlab qolishini koʻrsatdi. 

Ishlanma anʼanaviy dezinfeksiya usullariga ajoyib qoʻshimcha boʻlishi mumkin.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 30.04.2025