2025 yilda azotli oʻgʻitlarning jahon bozori hajmi 135,4 milliard dollarga baholanmoqda. 2034-yilga kelib u 5,7% oʻrtacha yillik oʻsish surʼati bilan 223,4 milliard dollargacha oʻsishi mumkin. Bu haqda Precedence Research agentligi oʻz tadqiqotida maʼlum qildi.
2024-yilda mintaqaviy yetakchi — Osiyo-Okeaniya mintaqasi (ATR) boʻldi — bozorning 67,3 foizi shu hudud hissasiga toʻgʻri kelgan. Pul ifodasida bu hajm 86,2 milliard dollarga teng deb baholangan, 2034-yilgacha esa 150,4 milliard dollargacha oʻsishi kutilmoqda. Dunyodagi eng katta aholi va qishloq xoʻjaligiga bogʻliq boʻlgan koʻplab iqtisodiyotlar ATRda joylashgani oʻgʻitlarga boʻlgan talabning oʻsishiga asosiy sabab boʻlmoqda.
Shimoliy Amerika 11,64% ulush bilan jahon reytingida ikkinchi oʻrinni egalladi. Undan keyin Yevropa (8,46%), Lotin Amerikasi (7,75%) va Yaqin Sharq hamda Afrika davlatlari (4,83%) kelmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati