Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan “Ayolga saodat bering!” nomli ijtimoiy roliklar tanlovining taqdirlash marosimi o‘tkazildi

// 13.09.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.49 MB)

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan  “Ayolga saodat bering!” nomli ijtimoiy roliklar tanlovi eʼlon qilingan edi. Poytaxtimizdagi “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyida mazkur tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovga 54 ta vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlangan 70 dan ortiq videoroliklar taqdim etilgan bo‘lib, shundan 10 ta nominatsiya bo‘yicha rag‘batlantiruvchi va faxrli o‘rin sohiblari aniqlandi.

Quvonarlisi, “O‘zkimyosanoat” AJ ham ushbu tanlovda tizimda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik aks etgan videorolik bilan munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi. Kimyo korxonalarida mehnat qilayotgan barcha xotin-qizlarni yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz.