Auditor tashkilotlarini tanlash maqsadida ochiq tanlov

// 26.05.2015 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (31.74 KB)

“O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Xalqaro audit va Xalqaro moliyaviy hisobotlar talablariga javob beradigan 2015 yil yakunilari bo'yicha tashqi audit o'tkazish uchun auditor tashkilotlarini tanlash maqsadida ochiq tanlov e'lon qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar bilan talabnoma  taqdim etish so'raladi:

  • Ishtirokchi haqida ma'lumot (tashkilot nomi,tashkiliy-huquqiy shakli, manzili, bog'lanish uchun telefon raqamlari);
  • tashqi audit narxi va xizmat ko'rsatish muddatlari to'g'risida takliflar;
  • Ishtirokchining auditorlik xizmatlar ko'rsatish borasidagi tajribaga egaligini tasdiqlovchi hujjat;
  • Ishtirokchining kasbiy javobgarligini sug'urta qilinganligini tasdiqlovchi hujjat.

Talabnomalarni elektron pochta orqali yoki bevosita kompaniyaning ichki audit xizmatiga taqdim etiladilar.

Bog'lanish uchun telefon va faks: 140-74-68

Elektron manzil: audit@uks.uz