AQShning Perdyu davlat tadqiqot universiteti olimlari koʻp martalik “bioplastik” ishlab chiqarish mexanizmlarini yaratish ustida ish olib bormoqda.
Olimlar jamoasi turli biomateriallarni «bioparchalanadigan» plastikka aylantirish uchun kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan yangi fermentlarni yaratish boʻyicha loyihaga $7 millionlik milliy grantga sazovor boʻldi.
Yangi polimerlar — poligidroksialkanoatlar (PGA) — mahalliy xomashyolardan, masalan, joʻxori, shakar yoki qishloq xoʻjaligi chiqindilaridan foydalangan holda ishlab chiqariladi.
“PGA qariyb yuz yil avval kashf etilgan, ammo ular moʻrt va yuqori haroratda chidamli boʻlmagani uchun keng qoʻllanilmagan. Platformamiz tufayli polimerning kimyoviy tuzilmasini kerakli mexanik mustahkamlik va haroratga chidamlilik darajasiga moslab yaratish mumkin boʻladi. Bu polimerlar keyinchalik mayda qismlarga ajratilib, qaytadan ishlatilishi mumkin”, – dedi loyiha rahbari Kartika Sankaranarayanan.
Sankaranarayananning taʼkidlashicha, loyiha mualliflari barcha ish qurollari va jarayonlarni ochiq manbada taqdim etadilar, chunki ular ozgina oʻzgartishlar bilan dori vositalari, agroximikatlar, pestitsidlar va gerbitsidlar, shuningdek, rezina kabi boshqa turdagi materiallarga ham qoʻllash mumkin.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati