TAYINLOV: “O'zkimyosanoat” atsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi vazifasini bajarish Energetika vazirining birinchi o'rinbosari – “O'zatom” agentligi bosh direktori Jo'rabek Tursunpo'latovich Mirzamaxmudovga yuklatildi

// 31.01.2020 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (69.38 KB)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zkimyosanoat” AJ rahbar kadrlarini lavozimlarga tasdiqlash to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajarish Energetika vazirining birinchi o'rinbosari – “O'zatom” agentligi bosh direktori Jo'rabek Tursunpo'latovich Mirzamaxmudovga yuklatildi.

Shuningdek, “O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati Jamiyat aksiyadorlari umumiy yig'ilishining navbatdan tashqari majlisida “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Odil Shukurovich Temirovni egallab turgan lavozimidan ozod etib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari lavozimiga tasdiqlash, “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari Yevgeniy Aleksandrovich Korjikovni egallab turgan lavozimidan ozod etib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisining o'rinbosari lavozimiga tasdiqlash hamda “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining o'rinbosari Shavkat Radjabalievich Nabievni boshqa ishga o'tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etish masalalari ko'rib chiqilishini ma'lum qiladi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati