“Ammofos-Maxam” AJda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlandi

// 15.10.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (666.61 KB)


“Ammofos-Maxam” AJda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish va ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida kompleks tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.



Jumladan, bino va inshootlar, gaz va issiqlik tarmoqlari, bug‘ quvurlari hamda temir yo‘llarda ta’mirlash ishlari bajarildi. Korxonaning 4 ta bosh transformatori ta’mirlanib, ag‘darma xo‘jaligida 3 kilometr yo‘l tekislandi.



Shuningdek, qish mavsumi uchun 130 tonna texnik tuz xarid qilinib, mavjud 60 tonna mazut zaxirasidan foydalanishga tayyorgarlik ko‘rildi.

Amalga oshirilgan ishlar korxonaning kuz-qish mavsumida barqaror va uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlashga xizmat qiladi.



“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

 


So'nggi yangilash sanasi: 15.10.2026