Amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

// 28.06.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (556.49 KB)

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJning Kaliy o‘g‘itlar ishlab chiqarish 1-sexida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish  hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni toʻgʻri tashkillashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot boʻlib oʻtdi.

Mashg‘ulot davomida soha vakillariga yong‘in o‘chirish texnik asbob-anjomlari to‘g‘risida tushunchalar berilib, yong‘in sodir bo‘lganda xodimlarning xatti-harakati hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 28.06.2024