
Mamlakatimizda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida vazirlik va idoralardan hududlarga biriktirilgan masʼullar tomonidan oʻrganish va tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.
Prezidentimizning 2025-yil 19-sentabrda “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan "Oʻzkimyosanoat" AJ masʼullari joylarda tushuntirish ishlarini olib borishyapti.

Xususan, Fargʻona viloyatining Yozyovon tumani “Doʻstlik”, “Qoratepa”, “Guzarboshi”, “Yoshlik”, “Xonabod”, “Yuqori”, “Qorasoqol” MFYlariga tashrif buyurilib, roʻyxatga olish jarayonlarini sifatli tashkil etish, maʼlumotlarning aniqligi va toʻliqligini taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratildi.
“Mahalla yettiliklari” tomonidan amalga oshirilayotgan GIS texnologiyalari asosida maʼlumotlarni yigʻish, uy va qishloq xoʻjaligi obyektlarini toʻliq qamrab olish boʻyicha bajarilayotgan ishlar tahlil qilindi.
.jpg)
