Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlanishiga 6 kun qoldi.

// 09.01.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (9.27 MB)

Ushbu muhim jarayon oldidan ”O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi Uchtepa tumani hokimligida tuman Statistika bo‘limi bilan hamkorlikda ”Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, maqsadi, ahamiyati hamda xorijiy tajriba” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda mahalla yettiligi a’zolari va tegishli mas’ullar ishtirok etib, tuman Statistika bo‘limi va Respublika shtabi guruhi azolaridan ro‘yxatga olish jarayonlariga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.

Tadbir davomida ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning ahamiyati, zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajriba, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish hamda aholiga ma’lumotlarni tushunarli va aniq yetkazish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
 


So'nggi yangilash sanasi: 09.01.2026