2023-yil uchun ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi

// 01.04.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (435.06 KB)

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi  tomonidan davlat idoralari oʻrtasida 2023-yil uchun ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi. 

Ikkinchi bor eʼlon qilinayotgan Indeksda jami 103 ta davlat idoralari va tashkilotlari faoliyati qamrab olinib, 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilgan. 

Indeks natijalariga koʻra, “Oʻzkimyosanoat” AJ 73 ball bilan “yashil” koʻrsatkichni qayd etgan. Jamiyatning ochiqlik boʻyicha 2022-yilgi natijalaridan +12,2 ballga oʻsish kuzatilgan. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 01.04.2024