Gyote hikmatlaridan

Gyote hikmatlaridan

***

Oʻgʻrilar orasida eng zararlisi ahmoqlardir. Ular bir vaqtning oʻzida vaqtimizni va kayfiyatimizni oʻgʻirlaydi.

***

Modomiki, donolarcha javob berishlarini xohlar ekansan – donolarcha savol ber.

***

Kimki oʻzga tillarni bilmas ekan, oʻz tili haqida ham tasavvurga ega boʻlmaydi.

***

Pulni yoʻqotish – katta yoʻqotish emas. Yana pul ishlashga shoshil. Or-nomusni yoʻqotish – katta yoʻqotish. Shon-shuhrat qozonsang, odamlar oʻz fikrini oʻzgartiradi. Mardlikni yoʻqotish – barcha narsani yoʻqotish. U holda bu dunyoga kelmaganing yaxshiroq boʻlar edi.

***

Eng kulgili istak – barchaga yoqish istagi.

 

Kumush Abdusalamova tayyorladi