“Ammofos-Maxam” AJ da “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda koʻkalamzorlatirish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
“Ammofos-Maxam” AJ boshqaruvi raisi Iskandar Umarov, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abduraxmonova, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muhammadbobur Abdurazakov boshchilikda korxonada sayyor qabul tashkil etildi.
“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuni munosabati bilan 25-noyabrdan 20-dekabrga qadar “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida Aksilkorrupsiya oyligi eʼlon qilingan.
Bugun “Ammofos-Maxam” AJda “Qadriyating boqiy boʻlsin, Navroʻz” shiori ostida bayram sayli tashkil etildi. Tadbir doirasida sex va bo‘linmalar tomonidan yurtimiz viloyatlarining tarixi, milliy qadriyatlari va an’anaviy taomlari namoyish etildi.
O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan xorijlik sarmoyadorlar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarini zamonaviy korporativ boshqaruv amaliyoti bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan seminarda Toshkent shahri va viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan bir qator aksiyadorlik jamiyatlari vakillari qatnashdi. Prezidentimiz rahnamoligida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, bo'lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta'minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoit yaratish borasida olib borilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta'kidlandi.
25-aprel kuni poytaxtimizda boshlangan “INNOPROM Markaziy Osiyo” xalqaro yirik sanoat haftaligi doirasida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga biznes-tur tashkillashtirildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov, Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri D.V.Manturov boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasining hududlar rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari, Ozarbayjon hamda Armaniston delegatsiyalari, qolaversa, xalqaro sanoat haftaligining qator xorijlik mehmonlari ishtirok etishdi.
Mazkur biznes-tur ayni kunlarda Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida oʻtkazildi.
"Ammofos-Maxam" AJda energetik o‘rganish o‘tkazish bo‘yicha xizmat tanlovini e’lon qiladi.
"Ammofos-Maxam"AJ boshqaruv raisi Fuqaro-muhofazasi boshlig'ining 27-apreldagi 501-sonli buyrug'iga asosan, korxonada 2022-yilning 20-may kuni "Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalarni atrof-muhitga tarqalishi bilan bog'liq texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat sodir bo'lganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari" mavzusida ko'rgazmali maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi.
Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Chirchiq kimyo-industrial texnoparkining yangi sanoat maydonini qurilish ishlariga start berildi.