Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni ijrosi boʻyicha “Kimyo atamalarining izohli lugʻati”ni yaratish va nashr etish alohida vazifa sifatida belgilangan.
Ammiakli selitra - eng keng tarqalgan o‘g‘itlardan biri. Kristall tuzilishga ega, rangi oq. Kristallar atmosferadan namlikni tez va ko‘p tortishi sababli quruq joyda saqlanadi.
Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi – Saudiya Arabistoni Podshohligi biznes-forumi doirasida 2022-yilning 23-dekabr kuni Energetika vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va ACWA Power (Saudiya Arabistoni) oʻrtasida yashil ammiak ishlab chiqarish boʻyicha investitsion hamkorlik toʻgʻrisida “Asosiy Shartlar” (Heads of Terms) bitimi imzolandi. Unga ko`ra yashil ammiak ishlab chiqarish loyihasi 2 bosqichda amalga oshiriladi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Bunga koʻra, Korrupsiyaga karshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tomonlarning kelishuviga asosan nazorat tadbirlari tashkil qilinadi, “Taraqqiyot strategiyasi” doirasida har yili qabul qilinadigan Davlat dasturlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, kimyo sanoati sohasidagi korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish boʻyicha tegishli takliflar hamkorlikda ishlab chiqiladi, Jamiyat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarda korrupsiyaga olib keluvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan bildirilgan takliflarni qonunchilikka kiritish boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.
Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimizda yoshlarni kimyo va biologiya fanlari bo'yicha chuqur o'qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo'shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog'-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirish borasida olib borayotgan islohotlari uzviy davomi sifatida “O'zkimyosanoat” AJ tomonidan chekka hududlardagi umumta'lim maktablarida zamonaviy kimyo sinf xonalari qaytadan to'liq ta'mirlanib, laboratoriya xonalari jihozlanmoqda.
Bugun 7-sentabr kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filialning Ijrochi direktori J.T.Mirzamahmudov, Filial direktori S.N.Filatova, universitet va filial xodimlari hamda Toshkent shahridagi filialning 2-kurs talabalari ishtirokida videokonferentsaloqa o'tkazildi.
Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivojiga 1991 yilning 27 dekabrida asos qo'yilgan – shu kuni Xitoy O'zbekiston mustaqilligini tan olgan. Diplomatiya munosabatlari esa 1992 yil 2 yanvari kuni o'rnatilgan edi. Oradan o'tgan yillar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, kredit-moliya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning o'suvchanligi bilan O'zbekiston – Xitoy sherikligi ajralib turdi. Zamonaviy bosqichda barcha sohalardagi aloqalarni qamrab olgan O'zbekiston-Xitoy hamkorligi do'stona va o'zaro manfaatli munosabatlar xususiyatini kasb etgan. Ikki davlat rahbarlarining o'zaro ishonchga asoslangan munosabatlari bunga asos bo'lib kelmoqda. Muntazam tus olgan oliy darajadagi, jumladan, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning sammitlari doirasidagi tashriflar hamda uchrashuvlar bu fikrning tasdig'idir.
Daho kashfiyotlari bilan dunyo ilm-faniga bebaho hissa qo'shgan olim Muhammad al-Xorazmiydir. Uning tarjimai holi va bolaligi bilan bog'liq ma'lumotlar saqlanib qolmagan. Biroq 800-yillarning boshlarida Xurosonning Bog'doddagi hokimi – Ma'mun ibn Xorun ar-Rashidning saroyiga taklif qilinganligi inobatga olinsa, u ona yurti Xorazmda ta'lim olib, yigirma yoshlaridayoq mashhur olim bo'lib ulgurganligini ko'rish mumkin.
“O'zekspomarkaz”da geologiya, yoqilg'i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarmoq sanoat yarmarkasi ochildi. Unda 380 dan ziyod korxona o'z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Geologiya, yoqilg'i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya tarmoqlari mamlakatimizning jadal rivojlanayotgan ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. Buni tarmoq yarmarkasiga qiziqish tobora ortib borayotganida ham kuzatish mumkin. 2014 yili mazkur ko'rgazmada 250 dan ziyod korxona ishtirok etgan bo'lsa, o'tgan yili 330 dan ziyod biznes sub'ekti unda qatnashgan. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar samarasida ko'rgazma stendlarida “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostidagi eksportbop mahsulotlar turi tobora ko'payib borayotgani e'tiborlidir.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
Tug'ilgan yili va joyi: 1982 yil, Navoiy viloyati
Ma'lumoti: oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2004), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi (2010)
Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul qilish kunlari