1. NAME OF THE ISSUER Full: Joint Stock company "O'zkimyosanoat" Short: JSC "O'zkimyosanoat" Name of stock exchange ticker: No 2. CONTACT DETAILS Location: Tashkent, Shaykhantahur district, Navoi, 38 Postal address: Tashkent, Shaykhantahur district, Navoi, 38 E-mail address: uzkimyosanoat@uks.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soʻnggi yillarda kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, sohaga keng qamrovli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida qabul qilingan qator Farmon va qarorlarida bir qancha vazifalar belgilangan.
2024-yil davomida “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 394 ta (2023-yilda 510 ta) ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Viloyatlar kesimida tahlil qilinganida, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 10 ta, Buxoro viloyatidan 2 ta, Jizzax viloyatidan 3 ta, Qashqadaryo viloyatidan 86 ta, Navoiy viloyatidan 124 ta, Namangan viloyatidan 2 ta, Samarqand viloyatidan 9 ta, Surxandaryo viloyatidan 2 ta, Toshkent viloyatidan 108 ta, Fargʻona viloyatidan 6 ta, Andijon viloyatidan 1 ta, Xorazm viloyatidan 1 ta, Toshkent shahridan 31 ta, boshqa hududlardan 9 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan boʻlib, ulardan 64 tasi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va qonunbuzilish holatlari haqidagi murojaatlardir.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tizimi korxonalarida davlat kafolati ostida umumiy qiymati 2,4 mlrd dollarga teng boʻlgan 7 ta investitsion loyihasi amalga oshirilib, xorijiy mamlakatlar moliyaviy institutlaridan 1 451,6 mln dollar (61%) mablagʻ jalb qilingan.
Joriy yilning 25-fevral kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ va tizim korxonalari xodimlar bilan ishlash boʻlimi va xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻlimi hamda malakalarni baholash markazlarining rahbar va masʼul xodimlari ishtirokidagi sayyor seminar-trening davomida mazkur sohadagi korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish va bartaraf etish maqsadida proflaktik tadbir oʻtkazildi.
“O‘zkimyosanoat” AJ maslahat kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida “O‘zkimyosanoat” AJning 2023-yil 14-iyundagi "O‘zkimyosanoat" A J markaziy apparatida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha maslahat-kengash organi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 99-son buyrug‘i O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-dekabrdagi "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida" O‘RQ-809-son qonuni Tadbirlar Oila - vatan tayanchi “Maxam-Chirchiq”AJ Oila va xotin-qizlar kengashi raisi “Rahbar ayol timsoli” nominatsiyasi g'olibi bo'ldi “Ibratli oila” ko‘krak nishoni topshirildi Korxona xotin-qizlari dam olish kunlarini sport-sog‘lomlashtirish o‘yinlari bilan o‘tkazishdi E'tirof “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining maslahatchisi “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
2021 yil yanvar-mart oylari davomida “O'zkimyosanoat” AJ ijro apparatiga tushgan jami murojaatlar soni 172 tani tashkil etib, 38 tasi yuridik shaxslardan, 134 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 25 tasi qanoatlantirilgan, 139 tasi bo'yicha tushuntirish berilgan, qolgan 8 tasi ko'rib chiqilmoqda.
2021-yil yanvar-sentabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparatiga tushgan jami murojaatlar soni 393 tani tashkil etib, 96 tasi yuridik shaxslardan, 297 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 73 tasi qanoatlantirilgan, 307 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan, qolgan 13 tasi koʻrib chiqilmoqda.
"Oʻzkimyosanoat" AJ va tarmoq korxonalari oʻz faoliyati davomida ekologik barqarorlikni taʼminlash va atrof-muhitni muhofaza qilishni ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilagan. Bu borada ekologik talablarga rioya etish, ishlab chiqarish jarayonlarida zamonaviy va ekologik xavfsiz texnologiyalardan foydalanish, chiqindilarni kamaytirish hamda qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish orqali tabiatga boʻlgan taʼsirni minimallashtirish yuzasidan aniq va amaliy choralar koʻrib kelmoqda.
Mamlakatimizda sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish, strategik ahamiyatga ega mahsulotlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish va importga bogʻliqlikni kamaytirish – iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim omillardan biri sanaladi.