Ma’lumki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Xususan, kimyo sanoati rivojida ham bunday manfaatli munosabatlarning o‘rni beqiyos. Xitoyning Urumchi shahrida o‘tkazilgan hududlararo forumda ishtirok etgan “Navoiyazot”AJ mutaxassislari ikki mamlakat vakillarining kelajakdagi istiqbolli loyiha hamda tashabbuslariga guvoh bo‘lishdi.
“Ammofos-Maxam” AJ da “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda koʻkalamzorlatirish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bugun "Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummiliy loyihasi doirasida korxona hududi hamda katta yoʻl boʻylariga saksovul urugʻlari va mevali, manzarali daraxtlar ekilmoqda.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining rahbar-xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan navbatdagi "Siyosiy-ma'rifat soati"da ishtirok etishdi. "Siyosiy-ma'rifat soati" yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJning 6 oylik natijalari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi va yakunda yangi tayinlovlar amalga oshirildi. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruvi raisi Qurbonov Oybek Abdusattorovich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan uni oʻz xohishiga koʻra egallab turgan lavozimidan ozod qilindi va oʻz xohishiga koʻra egallab turgan lavozimidan ozod qilingan Abdusattarov Shukurxon Gayratovich oʻrniga “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruvi raisining transport va logistika masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati jamoasi iqtisod fanlari nomzodi, professor iqtidorli olim, rahbar va ustoz, fidoiy va mehnatkash inson Tursunpo‘lat Mirzamahmudovning 72 yoshida vafot etganligi munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiradi.
“Oʻzkimyosanoat” AJning 2022-yil 10-oktabrdagi 244/k-son buyrugʻiga asosan Ayxodjayev Rustam Ilyasovich “Oʻzkimyosanoat” AJning Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qilinayotgan ishlar ijobiy natijalar bermoqda. Korxonalarga ishga kirayotgan yosh xodimlarni bu borada huquqiy madaniyatini oshirish dolzarb vazifalardan biridir.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati Jamiyat tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularga tutash hududlarda “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostida ko'kalamzorlashtirish loyihasi tashkil etilishini ma'lum qiladi. “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostidagi ko'kalamzorlashtirish loyihasini yuqori saviyada o'tkazish maqsadida “O'zkimyosanoat” AJ tizimida joriy yilning mart oyi “Ko'kalamzorlashtirish oyligi” deb e'lon qilindi.
Sultanov Bobur Izatullaevich – “O'zkimyosanoat” AJ Korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig'i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar B.Sultonov “O'zagrotexsanoatxolding” AJning Import va haridlar bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.