"Dehqonobod kaliy zavodi" AJda "O‘zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abdurahmonova, Dehqonobod tumani hokim o'rinbosari M.Yo'ldosheva va jamiyat ishchi-xodimlari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Bugun “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK bosh direktori Jahongir Mustafayev mas'ullar bilan birgalikda korxonadan 250 km uzoqlikdagi “Jamansay” karyerida bo'ldi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisi S.Abduraxmanova boshchiligida tarmoq korxonalari xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raislari hamda Xotin-qizlar kengashi aʼzolari ishtirokida onlayn muloqot oʻtkazildi.
"Navoiyazot" АJning Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan sex va ishlab chiqarishlar xodimlaridan tashkil topgan ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi drujinalari musobaqasi jamoalarning favqulodda holatlarga nisbatan tayyorligi qay darajada ekanligini imtihon qildi.
Joriy yilning 24-25 mart kunlari poytaxtimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo`lib o`tdi. O`zbekistonning investitsion imkoniyatlarini namoyish qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan mazkur forumda “O`zkimyosanoat” AJ tomonidan mamlakatimiz kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, sohaning investitsiya jozibadorligini oshirish, yangi istiqbolli loyihalarga to`g’ridan-to`g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shu bilan birga sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan qator xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar o`tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17- fevraldagi “2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O`zkimyosanoat” AJ tomonidan Toshkent viloyati Bolalar ftiziatriya sihatgohida Navro`z bayrami munosabati bilan hayriya tadbiri o`tkazildi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati rahbari Eshbekov Rustambek Ravshanjon o‘g‘li Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
Facebook ijtimoiy tarmogʻida “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi yigʻilishning 17-son bayoni ijrosi “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan bajarilmayotganligi to‘g‘risida asoslanmagan postlar eʼlon qilindi. Holat yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi.
Imtihonlar sanitariya-gigiena qoidalariga va ijtimoiy masofaga rioya qilingan holda o'tkazilmoqdi. Imtihonga kirishdan oldin har bir abiturientning harorati tekshirildi. Ayrim sabablarga ko'ra kirish imtihonlarida qatnasha olmagan abiturientlar tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan holda zaxira kuni o'tkazib yuborilgan imtihonni topshirishlari mumkin.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va jamiyat tizimidagi tarmoq korxonalrining 2019 yil 31 dekabr holatiga ko'ra konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq birinchi yillik moliyaviy hisoboti Xalqaro audit standartlari (XAS) asosida auditi yakunlandi va auditorlik xulosasi olindi.