Xususan, davlatimiz rahbarining 2024-yil 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda Prezidentimiz raisligida joriy yil 27-avgust kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida energiya tejamkorligini taʼminlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgan.
Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning salohiyati va ijtimoiy faolligini ro‘yobga chiqarish borasida tizimli faoliyat olib borayotgan “O‘zkimyosanoat” AJ yurtimizda yoshlar bilan ishlashda ilg‘or tajriba namoyon etgan tashkilotlar qatoridan o‘rin oldi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, ushbu ezgu amalda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xodimlari ham faol ishtirok etib, yashil tabiat rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.
Ertaga, 13-yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "O‘zkimyosanoat" AJ axborot xizmati rahbari Hojiakbar To‘laganov ishtirokida “O‘zkimyosanoat” AJ tarmog‘ida inson resurslari bilan ishlash bo‘yicha 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar mavzusida brifing bo‘lib o‘tadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida 15 noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha jadal chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4422-son qaroriga asosan “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi.
Joriy yilning 13-iyun kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Germaniyaning “Linde” kompaniyasi vakillari bilan “Navoiyazot” AJda “Havoni taqsimlash uskunasini oʻrnatish” loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “Linde Group” kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti Sean Durbin ham qatnashdi. Uchrashuvda mazkur istiqbolli loyihani amalga oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.