Mamlakatimiz kimyo sanoatida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan “Qo'ng'irot soda zavodi” O'rta Osiyoda kaltsiylashtirilgan soda ishlab chiqaruvchi yagona korxonadir. Mazkur zavodda mahalliy xom-ashyolardan ishlab chiqariladigan mahsulot nafaqat ichki bozor ehtiyojlarini qoplaydi, balki tashqi bozorga ham eksport qilinadi.
1. Maqsad va vazifalar “Kimyo sanoati xizmatchilari lavozimlari va ishchilari kasblari bo'yicha tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasi”ning yangi tahririni ishlab chiqish. 2. Vazifalar mazmuni “Kimyo sanoati xizmatchilari lavozimlari va ishchilari kasblari bo'yicha tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasi”ning yangi tahririni O'zbekiston Respublikasining amaldagi “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari KLASSIFIKATORI” hamda mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchiligi asosida ishlab chiqish.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda «O‘zkimyosanoat» AJ axborot xizmati rahbari Rustambek Eshbekov shu haqida ma’lumot berdi. Unda «O‘zkimyosanoat» AJ va tarmoq korxonalari Komplayens xizmatlari tomonidan 2024 yilning 1-yarim yilligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
“O'zkimyosanoat” AJ tomonidan korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish va chek qo'yishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, Jamiyat va tizim korxonalrida Komplaens xizmati tashkil etildi va “Yo'l xaritasi” asosida bajariladigan ishlar belgilab olindi. Shu bilan birga korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ichki me'yoriy hujjatlar, ya'ni “Korruptsiyaga qarshi siyosat”, “Axloq kodeksi”, “Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati”, “Sovg'a berish va qabul qilish siyosati” kabi 14 ta ichki me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Mavjud xavf-xatarlarni inobatga olgan kimyo sanoati korxonalariga IT texnolgiyalarni joriy etish maqsadga muvofiqligi ta'kidlab o'tildi.
Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.
Bu yil mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh gʻoya asosida keng nishonlanmoqda.
Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonida mamlakat rivojlanishiing ustuvor yondashuvlari belgilab berildi.
Yaqinda Tokio shahrida Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Yaponiya qoʻmitasining 17- yigʻilishi oʻtkazildi. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari ham ishtirok etdi.
Bugun "Maxam-Chirchiq" AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun- mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
“O‘zkimyosanoat” AJ da shaffof boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga uning investisiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro hamkorlar ishonchini mustahkamlash va global bozorda raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan ishlar faol olib borilmoqda.