O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-noyabrdagi 243-son «O'zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to'g'risida» Qarori hamda kimyo sanoati faoliyatini o'z vaqtida va obyektiv yoritish maqsadida jamiyatda O'zbekiston Respublika ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o'tkazish tashkil qilingan.
T/r Nomi Foiz Summa (so‘m) Jami sof foyda 100,0 53 358 597 800,0 1. dividendga 50,0 26 679 298 900,0 2. zaxira fondiga (O‘zbekiston Respulikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni 32-moddasiga muvofiq) 5,0 2 667 929 890,0 3.
Bugun, 23-sentabr kuni “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida Plastex Uzbekistan - 2025 15-xalqaro yubiley koʻrgazmasining tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Germaniyaning Biophelion startapi Aureobasidium pullulans nomli xamirturushga oʻxshash qora zamburugʻ yordamida plastik chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha yangi texnologiyani taklif qildi. Ushbu zamburugʻ turli muhit sharoitida yashay oladi va eng muhimi, keng turdagi organik birikmalarni parchalash qobiliyatiga ega.
Korxona mas’ullari, Ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasi mutaxassislari Vyetnamning Vungtau shahrida joylashgan “Phú Mỹ Fertilizer” kimyo korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Haldor Topsoe litsenziyasi asosida ammiak (NH₃) ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘llaydigan majmua barqaror faoliyati bilan e’tirof etilgan.
2024-yil aprel oyida Myunxen shahrida “Yangi O‘zbekiston” universiteti va TUM (Myunxen texnika universiteti) hamkorligida tashkil etilgan Birinchi xalqaro ta’lim simpoziumi hamda universitet huzuridagi Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining mantiqiy davomi sifatida Germaniya va O‘zbekiston sanoat korxonalari, ilmiy va ta’lim sohalari vakillari ishtirokida navbatdagi xalqaro forum o‘tkazildi.
Koreya Ilg‘or Fan va Texnologiya Instituti (KAIST) tadqiqotchilari glyukoza va glitserin kabi qayta tiklanuvchi uglerod manbalaridan muhim aromatik uglevodorodlar — benzol, toluol, etilbenzol va para-ksilol (BTEX) — olish imkonini beradigan integrallashgan bioximiyaviy jarayonni yaratdilar. PNAS (Proceedings of the National Academy of Sciences) jurnalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, ushbu ishlanma neft-kimyo tarmog‘ini qazib olinadigan xom-ashyolarga bo‘lgan qaramligini kamaytirish asosiga aylanishi mumkin.
Joriy yilning 16-17-oktyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi "Oq qush" majmuasida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda. Ushbu muhim tadbir sanoat sohasidagi yirik tarmoq korxonalari va mahalliy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi investitsiya va loyihalarni rejalashtirishga qaratilgan.
22-oktabr — “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ ham ushbu ekologik tashabbusda faol ishtirok etdi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Taʼlim, ilm va innovatsiyaga bagʻishlangan – Oʻzbek ayolining aqlu zakosi” nomli tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.