Hurmatli hamkasblar va hamkorlar! Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 21-oktabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Jamiyat Komplayens xizmatining III chorak yakunlari yuzasidan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati, departament, boshqarma va boʻlim boshliqlari, shu bilan birga Jamiyat tizim korxonalari rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirok etishdi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi va uni amalga oshirish boʻyicha PQ-330-sonli qaror aholi turmush farovonligini oshirish, eng muhimi, “Inson qadri uchun” tamoyilini hayotga tatbiq etishda muhim qadam boʻldi.
Tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil qilgan holda aholi daromadlarini oshirish, kambagʻal oilalar bilan manzilli ishlash maqsadida oʻtkazilayotgan sayyor qabullarda aholi murojaatlari tinglanmoqda.
Xabar berib borayotganimizdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ fermerlar va soha vakillari ishtirokida hududlarda “Mineral oʻgʻit - moʻl hosil garovi” mavzusida turkum amaliy seminarlar oʻtkazib kelmoqda.
“O'zkimyosanoat” AJ yoshlar yetakchilari Respublikaning barcha viloyatlariga jamiyatga biriktirilgan maktablarning holatini tubdan o'rganib chiqish maqsadida joylarga hizmat safariga jo'nab ketishdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash hamda “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga biriktirilgan kimyo va biologiyaga ixtisoslashtirilgan maktablarni joylarga chiqib o'rganish hisoblanadi.
2024-yilning 27-sentabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muhammadbobur Abdurazakov hamda “O’zkimyosanoatloyiha” AJ yoshlari bilan Jamiyatda sayyor qabul tashkil etildi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Ispaniyaning AIMPLAS texnologiya markazining yangi loyihasi doirasida Belgiyaning VinylPlus Healthcare kompaniyasi koʻmagida olimlar tibbiy asboblar ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan elastik PVXni mexanik qayta ishlash imkoniyatlarini oʻrganishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ togʻ-kon majmuasi yer osti kon tozalash va tayyorlash uchastkasi mashinisti Toʻraqulov Zokir Hamrayevich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumida ishtirokchilar sport musobaqalarida oʻz korxonalari shaʼnini munosib himoya qilishdi.